Har tashrifda tekshirilmaydi
JSST homiladorlikda kamida sakkizta antenatal kontaktni tavsiya qiladi, laboratoriya gemoglobini esa ulardan faqat ayrimlarida o'lchanadi. II–III trimestrda rivojlanadigan anemiya keyingi tahlilgacha ko'rinmay qoladi.
Ilmiy-tadqiqot platformasi · 1-bosqich: ma'lumot yig'ish davom etmoqda
NivaMed — beshta bioindikator tasvirlari va laboratoriya qon tahlili asosida tekshirilgan, psevdonimlashtirilgan dataset yig'ish platformasi. Maqsad — sun'iy intellekt modelini o'qitish va laboratoriya yetib bormaydigan joyda ham har bir antenatal tashrifda anemiyani erta aniqlashga yordam beradigan skrining vositasini yaratish.
Muammo
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda homilador ayollarning taxminan 37 foizi anemiyadan aziyat chekadi. Anemiya ona va bola uchun jiddiy asoratlar xavfini oshiradi.
Laboratoriya tahlili har doim ham qo'l ostida emas: qishloq joylarda, birlamchi tibbiy yordam bosqichida va uy sharoitida erta belgilar ko'pincha e'tibordan chetda qoladi.
Asoratlar
JSST homiladorlikda kamida sakkizta antenatal kontaktni tavsiya qiladi, laboratoriya gemoglobini esa ulardan faqat ayrimlarida o'lchanadi. II–III trimestrda rivojlanadigan anemiya keyingi tahlilgacha ko'rinmay qoladi.
Venadan qon olish uchun tayyorlangan xodim, namunani tashish va natija uchun qayta kelish kerak. Qishloqda va uyga tashrifda bu halqa klinik jihatdan kerakli muddatdan uzoqroq cho'zilishi mumkin.
Tug'ruq paytidagi anemiya muddatidan oldin tug'ruq, kam vazn va tug'ruqdan keyingi qon ketish xavfi bilan bog'liq. Temir preparatlari yordam beradi, lekin ta'siri uchun kunlar emas, haftalar kerak.
Yondashuv
Anemiyaning ko'zga ko'rinadigan belgilari — konyunktiva, kaft, tirnoq, lab va til rangi — oddiy smartfon kamerasi bilan suratga olinadi. Har bir tashrif laboratoriyada qon tahlili (CBC) bilan tasdiqlanadi. Model shu juftliklar asosida o'qitiladi.
ikkala ko'z · pastki qovoq
RGB · uzun tomoni ≥ 2000 pxikkala qo'l · ochiq kaft
RGB · uzun tomoni ≥ 2000 pxo'ng ko'rsatkich barmoq
RGB · uzun tomoni ≥ 2000 pxkeng va yaqin plan
RGB · uzun tomoni ≥ 2000 pxkeng va yaqin plan
RGB · uzun tomoni ≥ 2000 pxJarayon
Har bir yozuv olti bosqichdan o'tadi. Nomuvofiq yozuv reviewer qarorisiz datasetga kirmaydi.
Web forma yoki Telegram bot orqali; asl fayl siqilmasdan yuboriladi.
Xiralik (Laplacian variance), ekspozitsiya klippingi va o'lcham tekshiriladi.
Laboratoriya CBC natijasi kiritiladi va beshta eritrotsit indeksi identifikatori bo'yicha tekshiriladi.
Klinik reviewer rasm va tahlilni tasdiqlaydi, qaytaradi yoki rad etadi.
Faqat tasdiqlangan, psevdonimlashtirilgan yozuvlar eksport qilinadi.
2-bosqich: tasvir → gemoglobin bahosi; dala sharoitida skrining vositasi.
Rasm sifati va qon tahlili muvofiqligi avtomatik tekshiriladi. Nomuvofiq yozuvlar reviewer tasdig'isiz datasetga kirmaydi.
Ilmiy asos
Quyidagi uchta grafik qon tahlili muvofiqlik tekshiruvining asosini va o'lchangan samaradorligini ko'rsatadi.
Usul: CBC identifikatorlariga asoslangan muvofiqlik tekshiruvi va xatolik kiritish tajribasi. Ma'lumot to'plami va yozuvlar soni nashrda keltiriladi.
Hisobot tamoyillari
Rasm orqali anemiya skriningida yuqori natijalar ko'pincha boshqa qurilma va kogortada takrorlanmaydi — pastdagi jadvalda bizning modelimiz ham shunday. Shuning uchun to'rtta qoidaga amal qilamiz.
Har bir aniqlik ko'rsatkichi rasmga qaramasdan kogorta o'rtachasini aytish natijasi yonida beriladi. Undan yaxshi bo'lmagan model "ishlaydi" deb e'lon qilinmaydi.
Kross-validatsiya rasm bo'yicha emas, ishtirokchi bo'yicha bo'linadi. Aks holda model bir odamning teri va shilliq qavat rangini yodlab oladi va natija sun'iy yaxshi chiqadi.
Kichik kogortada juda yuqori aniqlik — avvalo ma'lumot sizib chiqqanining belgisi. Bunday natija e'lon qilinishidan oldin tekshiriladi.
Sintetik yoki xorijiy ma'lumotdagi natija real bemorlardagi aniqlik sifatida ko'rsatilmaydi. Demo sahifasi model qaysi ma'lumotda o'qitilganini har safar yozadi.
| Ma'lumot | n | MAE, g/L | Baseline MAE | Sezgirlik | Xoslik |
|---|---|---|---|---|---|
| Eyes-defy-anemia · kattalar · Italiya, Hindiston | 215 | 13.7 | 19.9 | 79 % | 77 % |
| CP-AnemiC · 6–59 oylik bolalar · Gana | 710 | 14.3 | 18.0 | 92 % | 69 % |
| Ikkalasi birga · demo modeli | 925 | 14.9 | 20.3 | 88 % | 66 % |
| Kogortalar aro: Gana → Italiya, Hindiston | 710 → 215 | 28.3 | 29.0 | 73 % | 5 % |
Manbalar: Eyes-defy-anemia (Dimauro va hammualliflar, IEEE DataPort, CC BY-SA 4.0); CP-AnemiC (Mendeley Data, doi:10.17632/m53vz6b7fx.1, CC BY 4.0).
Protokol v1.0
Barcha ma'lumot yig'uvchilar bir xil protokolga amal qiladi — shunda dataset bir jinsli bo'ladi.
Hamkor klinikalar va tadqiqot markazlari ro'yxati rasmiy kelishuvlar imzolangach e'lon qilinadi.
Maqola tayyorlanmoqda; DOI olingach shu yerda e'lon qilinadi.
Jamoa
Savollar
Loyiha nima qila oladi va nima qila olmaydi — qisqa va ochiq.
Yo'q. Maqsad — skrining va saralash: qaysi homiladorga laboratoriya tahlili zarurligini ko'rsatish va gemoglobin qanday o'zgarayotganini kuzatish. Tashxis, temir bilan davolash va og'ir anemiya bo'yicha qarorlar faqat qon tahlili va shifokor asosida qabul qilinadi.
Ma'lumot yig'ish platformasi ishlaydi: web forma va Telegram bot, rasm sifati nazorati, CBC muvofiqlik tekshiruvi va reviewer tasdig'i. Gemoglobin modeli esa tajriba bosqichida: u ochiq xorijiy ma'lumotlarda o'qitilgan va O'zbekiston homiladorlarida hali tekshirilmagan. Uni demo sahifasida sinab ko'rish mumkin.
Suratni istalgan muddatda olish mumkin. II trimestrda plazma hajmi oshgani uchun gemoglobin tabiiy ravishda pasayadi, shuning uchun JSST chegarasi ham o'zgaradi: I va III trimestrda 110 g/L, II trimestrda 105 g/L. Platforma har tashrifda trimestrni yozadi va natijani aynan shu chegara bilan solishtiradi.
Suratga olish — oddiy fotosurat: igna ham, nurlanish ham yo'q, protokol bo'yicha chaqnoq ham o'chiq. Suratning o'zi jismoniy xavf tug'dirmaydi. Asosiy xavf — o'tkazib yuborilgan anemiya, shuning uchun laboratoriya tahlili asosiy bo'lib qoladi.
Qilishi mumkin. Konyunktiva, lab va til shilliq qavat bo'lgani uchun ularning rangiga teri pigmenti kamroq ta'sir qiladi, kaft va tirnoqqa esa ko'proq. Beshta sayt yig'ilgani uchun natijani har bir sayt bo'yicha alohida solishtirish mumkin. Model turli teri rangida bir xil ishlashi hali isbotlanmagan — buni klinik validatsiya ko'rsatishi kerak.
Aralash yoki rangli yoritish, chaqnoq aksi, telefon filtrlari, messenjerda siqish va xiralik. Protokol: kunduzgi yorug'lik, chaqnoq o'chiq, 10–15 sm masofa, asl fayl siqilmasdan. Xira, ortiqcha yoritilgan yoki kichik rasm avtomatik sifat nazoratidan o'tmaydi.
Tadqiqot platformasida rasmlar O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi va faqat NM-0001 kabi tadqiqot kodi bilan bog'lanadi; shaxsiy ma'lumotlar alohida shifrlangan xazinada turadi. Demo sahifasida esa rasm faqat modelga yuboriladi va saqlanmaydi.
Yo'q. Tadqiqot etika qo'mitasi tomonidan ma'qullangan (LEK-002/2026), lekin NivaMed tibbiy buyum emas va klinik qaror uchun yagona asos bo'la olmaydi. Ro'yxatdan o'tishdan oldin model bir nechta klinika va qurilmada laboratoriya tahliliga nisbatan tekshirilishi kerak.
Hamkorlik
Klinika, universitet yoki tashkilot sifatida loyihaga qo'shilmoqchimisiz? Siz — homilador ayollar kogortasi va laboratoriya tahlili, biz — protokol, platforma va ma'lumot yig'ish bo'yicha yo'riqnoma. Xabar qoldiring — bir necha kun ichida javob beramiz.
Kimni izlayapmiz
yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing: info@nivamed.uz